
Alisher Navoiy korpusi

303
Dashti fanoki mo'rcha yo'q sherlarga saf,
Garchi maxuf yo'ldurur, et azm-u lo taxaf.
Gar sherdurki, mo'rcha yo'qtur hisob anga,
Kim topmadi ko'zi bu yobon gardidin sharaf.
O'zni ko'ngul sahifasidin mahv qilmag'an
Topmas vuquf nuktai asrori “man araf”
Tab'ingg'a faqr nuktasi gar zoda bo'lmasa,
Bo'lg'an nedur xalifai davron sanga xalaf
Gar sochsa ul xalifa so'zidin duri samin,
Dur har necha samin esa, beqadrdur sadaf.
Bahri fanoda g'o'ta sadafvor urmasang,
Sendin yetishmagay duri maqsud har taraf.
Soqiy, xarobi jomi xaroboti ishqmen,
Tutqil qadah, mug'anniy etib soz chang-u daf.
To nash'a yetsa ko'ngluma ul boda zavqidin,
Ganji xayoldin sochayin har taraf tuhaf.
Shoyad Navoiy aylagay ul tuhfalar bila
Tartib nazmi manqabati shahnat un –Najaf.