Alisher Navoiy korpusi

304

Hajrdin har dam qilur bu xotiri afgor xavf,

Zohir etkandek o'lumdin har zamon bemor xavf.

Eyki, koming do'st vaslidin erur topmoq hayot,

Qatl tig'i sursa dushman, qilmag'il zinhor xavf.

Vasl bo'stonida gar emin emasmen, ey rafiq,

Naylayinkim, xori hijrondin ichimda bor xavf.

Hajr shomidur maxuf-u qotil, ey mahvash, ne tong,

Uyla muhlik tiyra tunda aylasam izhor xavf.

Nechakim do'zaxdin o'lsa xavf mahshar ahlig'a,

Menda hajring shu'lasidindur yuz ul miqdor xavf.

Solmay o'zluk naqdin o'zdin tutmag'il dashti fano

Kim, og'ir yuklukka bu yo'lda yetar bisyor xavf.

Ey Navoiy, hushung o'lsa, ko'zlaridin xavf erur

Ul sifatkim, mastlardin aylagay hushyor xavf.

  • Semantik izoh: