Alisher Navoiy korpusi

305

Ohkim, ko'nglum buzuldi topmayin jonon vuquf,

Mulk vayron bo'ldi, hosil qilmayin sulton vuquf.

Jonni komimdur adam kunjida pinhon aylamak,

Og'zi ramzig'aki hosil qilmisham pinhon vuquf.

Vasl aro hijron yoshurdi ishq ko'nglum qatlig'a,

Mezbon zahr ezdi sug'a, topmayin mehmon vuquf.

Telba ko'nglum g'ofil andinkim ulusqa vasl erur,

Layli etti aysh-u Majnun topmadi chandon vuquf.

Og'zi ramzig'a agar yo'l topmadim, ermas ajab,

G'ayb sirrig'a ne tong el topmamaq oson vuquf.

Ishqim ahvolig'a mutlaq voqif ermastur xirad,

Qayda topqay ahli ma'ni holidin nodon vuquf?

La'li hushum zoyil etti, topmadi ko'nglum xabar,

Vahki, may ahvolidin usrukka ne imkon vuquf.

Vasl ummidi birla hajrin qilmish erdim ixtiyor,

Qatldin ko'nglumga avval bermadi hijron vuquf.

Ey Navoiy, buki davrondin yuz ofatdur sanga,

Ermas erkin topmayin ul ofati davron vuquf.

  • Semantik izoh: