Alisher Navoiy korpusi

306

Ishq tobidin o'lubmen meni bemor zaif,

Tob ko'p ko'rsa aningdekki bo'lur tor zaif.

Vaslida evrulubon boshig'a dermenki o'lay,

Vahki, bo'lmishmen aning hajrida bisyor zaif.

Za'f aro zorlig' ozurda qilur ko'nglumni,

Topar ozor, bale, chunki bo'lur zor zaif.

Xastalig' tortsa yillar kishi, ma'lum ermas,

Men kibi ko'rguza olg'aymu namudor zaif.

Bo'lmish o'n yilg'i o'luktin manga za'f afzunroq,

Vahki, jonliq kishi kim ko'rdi bu miqdor zaif.

Za'fdin shayx qutulg'ung dedi, tark etsang ishq,

Piri dayr ollida bu qavli aning bor zaif.

Za'f aro qilma Navoiyg'a sitam, ey oykim,

Buyla aylabtur ani charxi sitamkor zaif.

  • Semantik izoh: