Alisher Navoiy korpusi

307

Qotil ko'zung atrofida mujgon chekibdur uyla saf,

Kim qatl etar hangomada qilg'ay hujum el har taraf.

Oy, kun- ato birla ano, farzand -sen bo'lsang ne tong

Kim sen samindursen, valek ul ikki andoqkim sadaf.

G'am zulmatida ista-yu la'li labing o'ldum, valek

Hayvon suyi topsam ne g'am, gar bo'lsa ham umrum talaf.

Vaslingg'a muhlik hajrdin dedim musharraf bo'lg'amen,

Lekin sening ishqing aro o'lsam, erur ul ham sharaf.

Jon naqdini ovuchlabon kelmish edim vasling tilay,

Muhlik firoq ul naqdni oldi, urub ilgimga kaf.

Gar bebasarliq aynidin nargis ko'zungdin lof urar,

Ahli nazar anglarkim, ul ham ko'r erur, ham bad alaf.

Ey mutribi Zuhrajabin, bu nag'makim, chekting hazin

Kamdur jalojil gar nujum o'lsa, sanga xurshid — daf.

Bo'lmas niqob ochsang dog'i chun halli sirri lavkushif,

Tolibg'a nedur aylamak tahsili ganji man'araf.

Ul novakafkan qilmasa ko'ksin Navoiyning nishon,

Tong yo'q, chu aylabtur anga xurshidni gardun hadaf.

  • Semantik izoh: