
Alisher Navoiy korpusi

309
Charx dard ahlig'a har dam yog'durur gardi firoq.
O't ravonroqkim, xatarliqdur base, bu eski toq.
Ajdaredur halqa urg'an pesa kavkab xolidin,
Juz ajal zahrini kom andin topa olmas mazoq.
Hazm etar fikrin ham etgil, farz etay noning uchun,
Qildi charx anjumni dona, oy-u kunni yorg'uchoq.
Charx bir evdur, ishi bo'lmoq aning har dam nigun,
Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.
Sun' bahridin hubobe aglag'il ko'k gunbadin,
Siymgun gunbad deb o'lmas aylamak ani visoq.
Istasang besh kun farog'at, garchi kobin umr erur,
Dahr zolin to'rt mazhab birla qilg'il uch taloq.
El nifoqin ko'rmayin desang, Navoiy, foniy o'l,
Chunki sen chiqsang arodin, kimga qilg'aylar nifoq.