
Alisher Navoiy korpusi

31
Gul-u gulzor sening bog'i jamolingg'a fido,
Sarv-u shamshod dag'i toza niholingg'a fido.
Butubon mehrigiyah donasi ham sochilsa,
Orazing gulshani ichra xat-u xolingg'a fido.
Yo'q mening, balki Xizr birla Masiho joni,
Chashmai no'sh aro jonbaxsh zulolingg'a fido
Yangi oy, balki to'lun oy demayin, balki quyosh
To'lin oy-u quyoshing uzra hilolingg'a fido.
Ey ko'ngul, vasli xayolini qilursen doim
Ki, mening jonu jahonim bu xayolingg'a fido.
Tuttung, ey rindi xarobot, manga sog'arkim,
Ruh bodangg'a-vu tan eski safolingg'a fido.
Ey Navoiy, labidin nukta so'rarsen, yuz jon
Bo'yla shirin so'z-u jonbaxsh maqolingg'a fido.