
Alisher Navoiy korpusi

310
Yor kelsa bas mahaldurkim, ichim qon etti shavq,
Sabr-u oromim berib barbod, tug'yon etti shavq.
Oz-u ko'p har ne dedi qosid visoling mujdasin,
Sabrim oz-u iztirobimni farovon etti shavq.
Shavq hijrondin batar oshub soldi ko'ngluma,
Ko'nglum oshubini qo'ykim, g'orati jon etti shavq.
Ne ajab kechrak muyassar bo'lsa — o'lsam, ey rafiq,
Buylakim, ummidvori vasli jonon etti shavq.
Hajr bo'lsun yo visol ummidi chun muhlikdurur,
Bas hayot-u qatlini ko'ksumga yakson etti shavq.
Gar jununumning had-u poyoni yo'qtur, yo'q ajab
Kim ko'ngul bexudlug'in behadd-u poyon etti shavq.
Ey Navoiy, hajr zulmin yod qilsam, qilma ayb
Kim, manga bedodi nomaqdur-u imkon etti shavq.