Alisher Navoiy korpusi

312

Ul dardi yordin kam o'lur, menda yor yo'q,

Ko'nglumda yuz tuman g'am-u bir g'amgusor yo'q.

Jon rishtasini chirmadim o'qungg'a, voykim,

Tig'ing bag'irni yordi, tikmakka tor yo'q.

Demang g'amida yig'lama ko'p ixtiyorsiz,

Beixtiyorliqda manga ixtiyor yo'q.

Tutsa qaror bir nafas ollimda, vah, ne sud,

Kim ul nafas ramida ko'ngulga qaror yo'q.

Desamki, tarki ishqing etay butma, ey pariy,

Kim telbalar hadisig'a ko'p e'tibor yo'q.

Chiq ro'zgor ahlidin osoyish istasang,

Kim munda g'ayri tafriqai ro'zgor yo'q.

O'zni Navoiy aylama usruk bu bazm aro,

Kim dahr ayshi bodasida juz xumor yo'q.

  • Semantik izoh: