Alisher Navoiy korpusi

313

O'qlaringdinkim ko'zum ham ravshan o'lmish, ham ochuq,

Mash'aledurkim, bo'lubtur kavlamoq birla yoruq.

Eyki, bo'ynumg'a yozuq deb qatl tig'in surmading,

Sen ne qilsang qil, mening bo'ynumg'a bo'lsun ul yozuq.

Manglayimdin keltururmen ko'zga sajdam gardini,

Ko'rgan ul butni gumon aylarki, aylarmen tobuq.

Da'voi mehrimga mendin ikki tonuq istama,

Xalqdin chun yoshurubmen, yo'q manga juz bir tonuq.

Garmrav ashk-u sovug' oh ettilar ojiz meni,

Vahki ishqingdin yuzumga keldi ko'p issiq-sovuq.

Eyki, azm etting haram matlub hamrahdur sanga,

Sen yiroqsen andin, ammo ul sanga behad yovuq.

Dayrg'a kirdi Navoiy kufre ne pinhon, ne fosh,

Tavba chun sindi — icharga ne surohi, ne yotuq.

  • Semantik izoh: