Alisher Navoiy korpusi

314

Ey, jamol-u noz-u ishvang bir-biridan xo'broq,

Qomating marg'ub-u andin paykaring marg'ubroq.

Menda bo'lsa ming hunar, chun yorning mardudimen,

Olam ahli ichra yo'q mendin kishi ma'yubroq.

Ishq aro Farhod-u Majnun dog'i bexud erdilar,

Kimsa mendin g'olibo bu ishda yo'q mag'lubroq.

Har ne qilsang, notavon ko'nglum sevar jondin seni,

Haq yaratmaydur ekan sendin kishi mahbubroq.

Tolib ersang qatlima, jono, sanga jonim fido,

Ne sanga matlubroq, uldur manga matlubroq.

Kim tilar dayri fano azmini uslub aylagay,

O'zlukidin ish kerakmas ko'ngliga maslubroq.

Gar Navoiy bor edi maqbulung, etkil rahmkim,

Andim emdi yo'qturur ushshoq aro mankubroq.

  • Semantik izoh: