Alisher Navoiy korpusi

315

Meni aylapturur bir qotili paymonshikan oshiq,

Ki tig'i zulmidin o'lmish meningdek yuz tuman oshiq

So'rarkim, oshiqim senmu, muqir bo'lsam, halok aylar,

Erur bu turfakim, yolg'on deyolmonkim, eman oshiq.

Agar ishq etti vayron xonumonim, bok emas, nevchun,

Ki chun azmi fano ko'yigadur, naylar vatan oshiq?

Gar o'lsam ishq tog'i tig'i zaxmidin yalang, g'am yo'q,

Ki bas ham lolalardin aylasa qonlig' kafan oshiq.

Qozib g'am tog'i tosh ostida o'lmak ne edi mendek,

Gar ermas erdi bir Shirin sanamg'a Ko'hkan oshiq.

Visol imkon emas to bo'lsa o'zluktin sarimo'e,

Bas o'lg'ay farzkim, qilg'ay fano tavrini fan oshiq.

Navoiy, shodsenkim, o'lturur ushshoqin, ammo ko'r,

Ki sendeklarni dermu bore ul siyminbadan oshiq.

  • Semantik izoh: