
Alisher Navoiy korpusi

317
Bog' ichra sanga sochti gul oq-u qizil yafroq,
Shah boshig'a andoqkim el oq-u qizil yormoq.
Ne yorlig' o'lg'aykim, har kecha tong otquncha
Sen aysh ila uyquda, men ranj bila uyg'oq.
Ko'z mardumi ko'yungning gardin tilabon bordi,
Qoniki oqar, ani qon tortti yo tufroq.
Ko'rgach ani hayratdin ilgimniki tishlabmen,
Barmoqqa botibtur tish, tilni kesibon tirnoq.
Jon naqdin ajal birla hajring iki bo'lmishlar,
Andoqki, topib sude ayirg'ay ikki o'rtoq.
Ko'yung kerak, uchmoq yo'qkim, uchmoq-u ko'yungda,
Ul nav' tafovutdurkim, tomug' ila uchmoq.
Ham dahr baqosizdur, ham umr vafosizdur,
Xushtur nafase o'zi ahbob ila xush tutmoq.
Etmaklik erur mushkil maqsadg'a, nedinkim bor
Ko'z xirav-u tun tiyra, ot oqsog'-u yo'l burtoq.
Debsenki, Navoiyni kelgum dog'i o'lturgum,
Ul o'ldi bu hasratdin, kel tengri uchun botroq.