
Alisher Navoiy korpusi

318
Binafshaning nega bo'lmish dimog'i muncha uluq,
Ki ul sening xatinsa hinduyidurur mayruq.
Malohat og'zinga gar pista sotsa kim olsun,
Ki borg'usidur u sho'ra pusht-u og'zi ochuq.
Qading qoshinda nechuk sarf o'zin degay ozod,
Ki sabz rang qulingdur, aning ayog'i yoruq.
Erur chamanda yuzungning gadoyi oq gulkim,
Ko'rundi barcha yamog'liq chaponi uzra momuq.
Taningg'a maskav-u qaddingg'a naxl o'xshashmas,
Ki budur asr-u semiz, lek uldur asr-u oruq.
Sen abrash uzra vale gul yog'och uza dasta,
Yo'l o'z ayog'i bila borg'ay, ulki mindi suruq.
Xiromi lofida har mokiyonni deyki ne yer,
Ne nav' jilvagar o'lg'ay tazarv birla tovuq.
May ichsang o'lmag'il oqsumki, piri dayr dedi,
Ki bu ish o'ldi bizing dayr aro kamina yozuq.
Xush ulki, bazmda oylar teparda arg'ushtak,
Shah anda tambura cholib, Navoiy desa qo'shuq.