
Alisher Navoiy korpusi

319
Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq,
Bir quyoshdur, tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq.
Sovug' ohekim chekarmen, garm o'lur olmoqqa ashk,
Chashmalarda su bo'lur issig', havo bo'lg'ach sovuq.
Tengri ollinda tonuq demaki o'tkar kimsani,
Mencha sevmassen, bu ishga xud erur tengri tonuq.
Lablaringkim uchuq tutmish hamul hay'at bila,
Og'zing andoq g'unchadurkim, tushmamish andin qobuq.
Dog' o'rtarga chaponim ich-u toshi qolmadi,
Bog'ladim marham chapondin, qoldi gar eski momuq.
Gar yozuqsiz o'lturursen, g'am yemon, lekin g'amim
Munchadurkim, bo'lmag'ay nogah sanga andin yozuq.
Yor dilxohin chu topting, tengdurur vasl-u firoq,
Haq rizosin chunki qozg'anding, ne uchmoq, ne tamuq.
Soqiyo, may tutqali qo'pmoq base taklif erur,
Qo'y takallufni-yu qo'p, lekin manga o'ltur yovuq.
Za'fi ko'pluktin Navoiyning kam o'lmas nolasi,
Ne munofidur fig'on bulbulg'a bo'lmog'liq oruq.