Alisher Navoiy korpusi

32

Majnun boshini sajdadin olmas edi aslo,

Gar Layli itining julidin topsa musallo.

Naylay qora nargisni, boshimg'a urayinmu

Kim, boshima ofat keturur ul ko'zi shahlo.

Yozg'anda yuzung mushafini kotibi taqdir,

Ishq oyatini qildi mening sha'nima imlo.

Ul mug'bacha go'yoki chiqibtur yana usruk,

Yo'qsa ne uchun dayrda bor elga alolo.

Do'zaxni agar ishq o'ti birla qiziturlar,

Dard ahlig'a uchmoqdin erur bas tamug' avlo.

Maqsadni yigitlar g'ami ishqi aro ista,

Yoxud qarilar himmatidin ayla tavallo.

Vaslig'a yetushkung necha sa'b ersa, Navoiy,

Gar qilsa karam tengri taborak va taolo.

  • Semantik izoh: