
Alisher Navoiy korpusi

320
Ko'nglum bo'lur g'aming tuni har lahza qayg'uluq,
Chun shom bo'ldi, har nafas ortar qorong'uluq.
Ul ko'zki olam ahlidin olmishdur uyquni,
Baxtim kibi, ne ayb, agar bo'lsa uyquluq.
Sabr-u qaror-u hushni olmog'lig'ing nedur,
Ey jonlar ofati, sanga jonimdur olg'uluq.
Dashti firoq ichra tirik yo'q chu vahsh-u tayr,
Go'yo yeli samum-u giyohidur og'uluq.
Mug' ko'yi azmidin meni man' etma, ey rafiq,
Bu yo'l erur chu ahli malomatqa borg'uluq.
Andin falakni ilmas ekan ko'zgu piri dayr,
Kim bu erur haqir-u janobi aning uluq.
To g'amdadur Navoiy, anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni, birav bo'lsa qayg'uluq.