
Alisher Navoiy korpusi

321
Har kishikim g'ayri ishqing harfi yozg'ay bir varaq,
Ilgini aylab qalam, boshin qalamdek ayla shaq.
Parda yopqach yuzga, tutti qon yoshim ofoqni,
Mehr uyoqqanda, ufuq sari yoyilg'andek shafaq.
Go'yi-yo xurshid har sari yugurtur kavkabe,
Chunki sur'at vaqti ul yuzdin tomar har yon araq.
Vahki ashkim jolasidin topti ofat bir necha,
Sabr tuxmin mazra'i jon ichrakim qildim nasaq.
Bir-bir ustida qo'yubmen furqatingdin necha dog'
Ishq xoni ichra qo'yg'andek tabaq uzra tabaq.
No'sh etarmen boda to la'ling xayoli birla men
Qon yutarmen, toki bo'lg'ay tanda jonimdin ramaq,
Shayx kavsar sharbati — men talx may madhin dedim,
Achchig'i kelsa ne tong, nevchunki ochchig' keldi haq.
Boda vasfin dars agar der ersa piri mayfurush,
Jomi xatti davridin olmoq munosibdur sabaq.
Istama kavsar, Navoiy, top farog'at bodadin,
Kim erur ul muxtalif, lekin bu birdur muttafiq.