Alisher Navoiy korpusi

322

Desangki, dashti fano ahlig'a bo'lg'ay hamtak,

Ne do'st g'ayri esa, barchasig'a silk etak.

Qil o'zlukung kesagin poymol birla g'ubor,

Yo'q ersa balchig' o'lur fisq suyi birla kesak.

Chu ruh xaylig'a nafs istar o'lsa ortug'luq,

Yetur ilojig'a taqvo sipohi birla ko'mak.

Yurakni sol demagil ishq ko'yining itiga,

Muni anga desa bo'lg'ayki, anda bo'lsa yurak.

Xush ulki, ishq guliston-u bog'ida yiqilib,

O'larda ostida xorov-u xor bo'lsa to'shak.

Balo g'ubori vafo ahlig'a yog'ar go'yo,

Sipehr chanbari parveznedin o'ldi elak.

Gadov-u xirqada kuymak nachukki parvona,

Yo'q ulki, hulla aro shohid uylakim ko'palak.

Anga bu dayri fano ichra tutti mug'bacha may,

Ki tishni bag'rig'a berkitmakini qildi gazak.

Navoiy o'lsa, ne tong bazm ichinda botroq mast,

Ki g'ussa jomini davron anga tutar ko'prak.

  • Semantik izoh: