Alisher Navoiy korpusi

323

Bu kecha ohim erur davronni barham urg'udek,

Charx gulzoridin anjum gullarin sovurg'udek.

So'rg'ali keldi evurung boshig'a qo'ldab meni,

Kim emastur lahzaye boshim uza o'lturg'udek.

Ey ko'ngul, dersenki, yosh-u ishqini, ne yoshuray,

Kim erur jismim fano tufrog'ida yoshurg'udek.

Sinsa ko'nglum, ne ajabkim, sangi boroni firoq

Bo'ldi xamliq jism uyin har saridin sindurg'udek.

Hajr zulmig'a chidarmen, o'lgali yo'q, anglasam

Kim, erur qatlimg'a ul jon-u jahon qayg'urg'udek.

Aysh vaqtini bil g'animatkim, erur dam ushbu dam,

Charx ermas favt bo'lg'an vaqtni yondurg'udek.

Sen ko'ngul bersang Navoiyg'a gahe ming javr ila,

Ermas ul har dilrabog'a ko'nglini oldurg'udek.

  • Semantik izoh: