
Alisher Navoiy korpusi

324
Falak zarfi to'la may bo'lsa-yu topsam ani xumdek,
Chekaykim, qatralar ham qolmag'ay javfida anjumdek.
Havoiy ishq barqi garchi muhriqdur, vale ermas
Bu ishda otashin la'ling ayon qilg'an tabassumdek.
Quvonurmen iting eski safoli ichra may ichsam
Ki Jam qilg'an emastur jomi birla ul tana'umdek.
Halok o'lg'anda qilg'an navha gar ta'sir etar, lekin
Eshit nolamnikim, muhlik emastur bu tarannumdek.
Masiho nuktasi gar jon berur erdi, vale bilgil,
Ki jon olmoqqa ermas erdi ul shirin takallumdek.
Chiqib qatlimg'a o'zga sori surdi raxshin ul qotil,
Manga yuzlanmamish umrumda vahme ul tavahhumdek.
Ajal hajringda jonim oldi shafqat aylabon zohir,
Kishi rahm ahlidin ko'rmaydur erkin bu tarahhumdek.
May ichra chunki soqiy aksi muhlikdur, bu sog'arni
Kishikim ichsa, ummidi hayotidin ko'zin yumdek.
Navoiy hajr dashtidin tana'um bistari topqay,
Bu vodiyda irik qum chun yonida bo'ldi qoqumdek.