
Alisher Navoiy korpusi

325
Tig'i ishqingdin ko'ngul har yon og'izdek bo'ldi chok,
Bu og'izlardin ne tong cheksa fig'oni dardnok.
Sharbati hijron bila qatl aylading ahbobni,
Kimsa hargiz do'stlarni zahr ila qilmas halok.
Jon qushi o'rtanmasun deb yopma o'tluq chehrakim,
Sham' o'tin ko'rgach kuyardin aylamas parvona bok.
Mehrdek yor evrulur, boshig'a har sargashtakim,
Zarradek qilsa havoiy ishqi ichra o'zni pok.
Orazingdin, yo'q ajab, tushsa ko'ngul zaxmig'a o't,
Mehrdin ko'proq bo'lur mahrur, har yerkim mag'ok.
Istasang yetkach fano yeli sanga, bo'lg'ay uruj,
Faqr ko'yida burun qilmoq kerak sen o'zni xok.
Ey Navoiy, yor agar ko'nglumga kirmak istadi,
Zaxmima marhamcha bordur qilg'ani ko'ksumni chok.