Alisher Navoiy korpusi

326

Og'zikim so'zda Masihodek qilur elni tirik,

Bas ulug' so'zlukdurur, garchi erur asr-u kichik.

Qaddi qo'pqoch, sarv agar tushsa ayog'in o'pkali,

Yo'q ajabkim, past o'lur soya, quyosh bo'lg'ach biyik.

Ham o'shul tufrog'din sochib qurutung nomani,

Yozsangiz ul oyg'a jismim tufrog' o'lg'andin bitik.

Tig'i zaxmin bog'lasa ahbob, g'am yo'q, ey ko'ngul,

Bir eshik bog'lansa ishq ichra, ochilg'ay yuz eshik.

Hajr toshin boshima, mehnat palosin jismima,

Qayda bilgay ishq anga ko'rguzmagan qotig' irik.

Uchqil, ey bulbul, bu gulshandin, nedinkim har necha

Gul vafoda kund erur, javr ichradur xori itik.

Gar Navoiy qatlig'a kelmaydur ul usruk, nega

Bas etak sanchib, qilich tortib shimolibdur ilik.

  • Semantik izoh: