
Alisher Navoiy korpusi

327
Xoni vaslingdin agar bo'lmas muyassar bar yemak,
Ham g'animatdur talashmoq itlaring birla so'ngak.
Ne libosi ofiyat kiymak meni majnung'akim,
Anglamon, gar bo'ynuma tushsa yaqo yanglig' etak.
Ishq naqdi kisasining hifzig'a bodomi muhr
Gar tilar bo'lsang, munosibdur bu chok o'lg'an yurak.
Zulfdur yoxud uzori o'tig'a chirmashti dud,
Yo banogo'shig'a to'sh, bo'rkiga sonchibtur kajak.
Surtkandek ko'zini sarpanjasi naqshig'a yuz,
Ko'z yorutsam ilgidin, panjamda bo'lsa ul bilak.
Ishq agar bo'lsa havoyi nafsdin pok, ey ko'ngul,
Yo'q tafovut, dilbaring gar beka bo'lsun, gar mirak.
Qoshi mehrobida vaslin istab aylarmen duo,
Ey Navoiy, tong yo'q, andoq qiblada mundoq tilak.