Alisher Navoiy korpusi

328

Baski ko'ksum choki tikkan ignadin bo'ldi teshuk,

Ko'nglakim chokidek o'lmishdur vale andin churuk.

Jonfizo la'ling bila qotil ko'zung hijronida,

Uyla holim borkim, bilmon, tirikmen yo o'luk.

Xotami la'ling agar og'zimg'a yetkach, tishlagum,

Muhr etarda mum yopishqon kibi bosqach uzuk.

Furqatingdin loladekdur chok-chok o'lg'an ko'ngul,

Negakim, ham qon aro bo'lmish bo'yog'liq, ham kuyuk.

Otashin la'ling agar jonimni o'rtar, tong emas,

Kim erur asr-u isig', nekim erur asr-u chuchuk.

Dema, dashti ishq aro ming xayli ishq ahli qoni

Itti bu poyoni yo'q sahroda har yon bir suruk.

Ey Navoiy, faqr yo'lida burun o'zlukni sol,

Kim bu yo'lda po'yag'a mone'dur ul ortuqsi yuk.

  • Semantik izoh: