Alisher Navoiy korpusi

329

Ey tani xoki xadangingga nishon bo'lg'an kesak,

Ham bu ma'nig'a qurug' boshim kesak uzra so'ngak

Bir yaqoni qo'ymading qilmay etakka tegru chok,

Raxsh to surdung yoqongni sindurub, sanchib etak.

Zohir aylarda yadi bayzo qilursen elni qatl,

Tig' urarda yeng shimolibkim, ayon etsang bilak.

Gul bila nomardum el andoqki uzgay g'unchani,

Yeb iting yuz pora bag'rimni, tama' qildi yurak.

Rishtai jon yanglig' asray tushsa ilgimga dame,

Kim hilol o'rnig'a shirin la'linga yetkay ipak.

Hajr shomi dard-u g'amni boshima yog'durg'ali

Bo'ldi anjum birla charxi chambari go'yo elak.

Ul pariy ishqida chun o'ldi Navoiy anglangiz,

Kim mujannindur aso, qabrig'a butsa har chechak.

  • Semantik izoh: