
Alisher Navoiy korpusi

33
Dardi hajrimg'a ul ikki la'li xandondur davo
Kim, o'lar Iso dami-yu obi hayvondur davo.
Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonin olg'on elga vasli jonondur davo.
Ishq aro za'fim davosi sharbat ermas, ey hakim,
Sharbati vasl etmayin hosil, ne imkondur davo.
Hajr aro dardim davosin yor mushkul, deb emish,
Rahm agar qilsa, aning ollida osondur davo.
Darddin g'amgin ko'ngulda xona qilmish yuz mavod,
Ey, qora ko'z, daf'ig'a bir nishi mujgondur davo.
Zulfi zunnorig'a chirmang'an uzorin ochti yor,
Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo.
Gar mening bedillig'im dardi davosin istasang,
Ey Navoiy, bu marazg'a ko'nglum olg'andur davo.