
Alisher Navoiy korpusi

330
O't urdi jonima, chun ochti la'li otashnok,
Hayot chashmasidin, vahki, jonim o'ldi halok.
Zaif jismim o'tidin jahonni kuydurdung,
Ulug' o't urmoq uchun o'rtading magar xoshok.
Deding — ko'ngul o'ti dudin chiqarma oh bila,
Agar chin ersa so'zung, nega ko'ksum etting chok!
Nazzora hoilidur dudi ohu qatrai ashk,
Fig'onki, moni'i komimdur anjum-u aflok.
Ko'ngul shikofi dema, anda sabr dafni uchun,
Ki hajr qotili o'lturdi, qozdi ishqi mag'ok.
Chu mast o'ldum esa, may bila yungiz badanim,
Tonging usholg'an na'shim beliga rishtai tok.
Navoiy istasa lo'livashe, ajab ermas,
Bu vajh ilaki, vafo tarki ettilar atrok.