
Alisher Navoiy korpusi

331
Meniki mug'bacha dayr ichra aylagay usruk,
Ne tong, ko'zumga quyosh bo'lsa zarradin o'ksuk.
So'zumni yor eshitmay yuzumni churkadi oh,
Bu vajhdindur ul oy ollida yuzum churuk.
Firoqi o'qidin o'lmish teshuk-teshuk bag'rim,
Bu turfaroqki, bir o'qdindurur har ikki teshuk.
G'amida turluk-turluk balog'a uchrabmen,
Ki har birini meni kuydurur necha turluk.
Tanimda ranglar uzuldi firoq shiddatidin,
Nachukki, rishta chubo'lg'ay, ipak to'n o'lsa churuk.
Tutay jahonda Sulaymon seni va yo Jamshid,
Ne munga jom vafo ayladi, ne anga uzuk.
Navoiy, o'rtadi shirin hadising el ko'nglin,
Nachukki kuydurur ichni, chu sharbat o'ldi chuchuk.