
Alisher Navoiy korpusi

333
Aytmonkim, la'li jonbaxshing erur jondin chuchuk,
Kim erur har neki yo'q andin chuchuk, ondin chuchuk.
Nechakim bo'lsun chuchuk shirintakallumlar so'zi,
Lekin ermas ul kalomi shakkarafshondin chuchuk.
No'shi la'lingdin manga chun zahri hajr o'ldi nasib,
Ne asig', gar bo'lsa ul ortug'roq imkondin chuchuk.
Nay o'qung behad chuchuktur jong'a go'yo chiqmamish
Bir qamish mundoq shakar butkan nayistondin chuchuk.
Novaking uzra boshoq go'yo erur habbi nabot,
Kim, ko'nglum komi bo'lur ul shakli paykondin chuchuk.
Soqiyo, jomimda ezgil zahrkim, har necha ul
Bo'lsa achchig', bo'lg'usidur zahri hijrondin chuchuk.
Ey Navoiy, jon fizo nazming labi vasfida bor,
Shira-i jondin ezilgan obi hayvondin chuchuk.