
Alisher Navoiy korpusi

334
Sarvning soyasida boda-i gulfom kerak,
Bo'ldi chun ikkisi bir, sarvi gulandom kerak.
Kimgakim bo'ldi bular kofir erur desa manga,
Hur-u to'bi bila kavsar mayidin kom kerak.
Garchi ruxsori erur subhi dilafro'z, valek
Vasl ayyomig'a qora zulfi kibi shom kerak.
Ulki Jamshid degay o'zini xurshid kibi,
Soqiy ilgidin aning bazmi aro jom kerak.
Ko'zlarim dona-yu suyig'a kelur vasl qushi,
Lek tutmoqqa ul oy turrasidin dom kerak.
Ka'ba tavfida base tafriqadur bilki, o'zin
Jam' istarga fano dayrida orom kerak.
Dayr pirig'a murid o'ldi Navoiy, negakim,
Shayxul -islom degan kimsaga islom kerak.