
Alisher Navoiy korpusi

335
Pili gavharkashdurur har yon sahobi pilrang,
Boshida changak hilol-u yonida xurshid zang.
Asr-u izhori tajammul qildi sultoni bahor,
Kim bu yanglig' pil yuz ming jilva aylar bedarang.
Ayladi nayson zuloli yer yuzin oyinagun,
Anjum-u ko'k aksidur anda rayohin-u o'lang.
Daf'a-daf'a bir-biri uzra bulut ofoq uza,
Go'yiyokim tojire terdi ruxutin tang-tang.
Chang uni birla may ich, ko'rguzdi chun qavsi quzah,
Davr ila andomi chang-u lavn aro avtori chang.
Buyla mavsumda keraktur aysh bazmin tuzgali
Ham zumurradrang yer, ham bodai yoqut rang.
Bu bori bir yon-u ul bir yonki, ichmak boisi,
Soqiyo, bo'lg'ay bu davr ichra bag'oyat sho'x-u shang.
Ham yigitlik, ham bahor ayyomini tut mug'tanam,
Bodav-u soqiy uchun qilmaqqa tarki nom-u nang.
Ey Navoiy, dam bu damdir — tut g'animat, boda ich,
O'zga bir damga yetar-etmaska chun voqif emang.