Alisher Navoiy korpusi

336

Aylasa mug'bacha dayr ichra meni masti malang,

Ushatay sog'ari nomus bila shishai nang.

Ey xush ulkim, qilibon zuhd tunidin uryon,

Dayr aro tifllar o'ynatsa ani mast yalang.

Ishq bazmig'a netib bormag'amen, chunki meni

Tortadur ul sari yuz tor bila nag'ma-yu chang.

Manga, zohid, yana may tarkini qil deb taklif

Qilmag'aysen, ko'zunga uchrasa ul soqiyi shang.

Sof may lam'asi-yu soqiyi mahvash husni,

Tiyra zohidqa asar qilmadikim, bor edi dang.

Ishqi bebok uza kim zuhd xayolin qilsa,

Erur andoqki, yegay bodai nob ustida bang.

Maykada ahlig'a yuz toq-u tarab, ey soqiy,

Xonaqahda bo'la olg'aymu Navoiyg'a darang

  • Semantik izoh: