Alisher Navoiy korpusi

337

Rahmsiz bo'lg'ay ko'ngul kuffori Xaybar ko'nglidek,

Mumkin ermas bo'lmoq ul sho'xi sitamgar ko'nglidek.

Kesti atfol g'aming ko'nglum uza na'l uzra na'l,

Onchakim bo'ldi hazin ko'nglum sanavbar ko'nglidek.

Ko'nglum ul xat shavqidin yuz zaxmliq jism ichra bor

O't ichinda anbar etkan dudi mijmar ko'nglidek.

Necha zaxm etsang qiziq ko'nglumni, o'tdur — qon emas,

Humratikim anda zohir bo'lsa axgar ko'nglidek.

Garchi Layli mahmilidin nola ko'p chekkay diroy,

Savti muhlik bo'lmag'ay Majnuni muztar ko'nglidek

Mujda dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,

Har kishi bersa safo ko'ngliga sog'ar ko'nglidek.

Hajr tig'idin Navoiy qon-u zaxmin ko'rki, bor

Ko'ngli mamlu jismidek, jismi sarosar ko'nglidek.

  • Semantik izoh: