
Alisher Navoiy korpusi

338
Dard-u mehnat toshin, ey mahzun ko'ngul, jonimg'a o'k,
Har ne afzun kelsa andin, jismi vayronimg'a o'k.
Chun base ko'pdur chiqib jon, jism uyi yemrulgali
Etsa, xirman-xirman ul toshlarni har yonimg'a o'k,
Ishq o'ti axgarlari taskin berur chun dardima,
Yoqqali marhamdek ani dog'i pinhonimg'a o'k.
Huzn-u mehnat yuklari ko'nglum uyin qilmish to'la,
Ey falak, emdi alarni baytul-ehzonimg'a o'q.
Yuz-u zulfi yodidin majlis tuzarman, ey rafiq,
Bog'din gullar terib, har yon shabistonimg'a o'k.
Xonaqahda tiyramen, dayri fano tufrog'ini
Ham supur kirpik bila, ham chashmi giryonimg'a o'k.
G'am bila anduh g'izosidin bo'lubmen mumtali,
Ey Navoiy, go'shalarda oni zindonimg'a o'k.