Alisher Navoiy korpusi

339

Subhi iqbol-u saodat keldi ul farxunda eng,

Tong boshida muhtariq kavkabdek ul eng uzra meng

Sarvkim, teng tutmas o'z qaddi bila har naxlni,

E'tidol ichra emastur sarvi qadding birla teng.

To meni sargashta chiqtim, dashtdin har yon quyun

Po'ya aylar tinmayin, nevchunki topmish yerni keng.

Ko'nglak o'rpig'a yelak kiyding hamono, ey quyosh

Kim, yadi bayzog'a mone' bo'lmag'ay har sori yeng.

G'orati islom-u din yolg'uz qilursen go'yiyo,

Buyla yag'molarda yo'q hojatki, bo'lg'ay kimsa heng.

Boda istab zuhd tarki ayladim, olg'aymusiz,

Xirqav-u sajjoda rahn etsam, xarobot ahli deng?

Dog'-u qon birla Navoiy ko'ngli bo'ldi lolakim,

Bu taqozo aylar ul mushkin meng-u gulrang eng.

  • Semantik izoh: