Alisher Navoiy korpusi

34

Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo,

Kun ko'zgusida go'yo zang etti asar paydo.

La'ling g'amidin suda gul yafrog'i kelgandek,

Ashkimda kelur har dam parkandi jigar paydo.

Jismimdin oqib qoni, paykoni ayon bo'ldi,

Shox uzra bo'lur doim gul ketsa, samar paydo

Jon rishtasidek ermas ko'zlarga beling mar'i,

Chobuklik uchun qilding bag'larg'a kamar paydo.

Ul zulf savodida o'ldum yuzini ko'rmay,

Vahkim, yo'q edi muhlik shomimg'a sahar paydo

Davron g'amidin ko'nglum maqbuz erur, ey soqiy

Basti uchun etkaysen ham boda magar paydo.

Kilkida Navoiyning jon shirasi muzmardur,

Har nayda qachon bo'lg'ay bu nav' shakar paydo

  • Semantik izoh: