Alisher Navoiy korpusi

340

Ey, jafo peshang-u bedod ishing, javr faning,

Har biri marhami rohat kibi ko'nglumga mening.

Ko'pdurur ko'nglum aro nish magar qildi nishon

Varzish aylarda ani g'amzai novakfikaning.

Xo'blar xatlaridin tiyradurur chehralari,

Sensen ul gulki, yuzung gulshanida yo'q tikaning.

Lutf ko'rkim, suda gul aksi masallik ko'runur,

Hulla nozukligidin har sari nozuk badaning.

Ey ko'ngul, g'am yuzining ko'zgusidursen go'yo,

Ko'zguning ikki yuzi yongg'i-yu eski tuganing.

Mendek, ey lola, seni qilmadi gar ishq shahid,

Nega g'am dog'i ayon ayladi qonlig' kafaning.

Davr anduhi meni qildi halok, ey soqiy,

Shisha sofiy yo'q esa, yo'qmu ekan durdi aning.

Yo'qturur ahli zamon qasrida juz naqshi jafo,

Chiqma, gar xud yiqilur boshinga bayt ul-hazaning.

Ey, Navoiy, chu falak toqidin ofat yog'adur,

Chiqmakim, bo'lsa kerak maykada bog'u chamaning.

  • Semantik izoh: