Alisher Navoiy korpusi

343

Chun latofat ko'zgusi bo'lmish safo ichra ul eng,

Yo rab, ohim dudi zohir qilmasun ul engda meng.

Ilgim o'tin daf' etar yeng suyi, baskim, elturam

Oh man'ig'a ilik yo ashkning daf'ig'a yeng.

Qomating birla latofatda o'zin teng tutsa sarv,

Bordur ul yanglig'ki, bo'lg'ay sarv birla soya teng.

Men balo chohida-vu Majnun farog'at dashtida

Lofi ishq ursa, ajab yo'qkim, topibdur yerni keng.

Sudrabon eltur qazo ilgi meni mayxonag'a,

Mast bo'lmay chora bormu, ey nasihat ahli, deng ?

Turktoz aylab ko'ngul olding ajaldin burna jon,

Hissa oyirma anga, nevchunki ermas erdi cheng.

Ey Navoiy, gar ko'ngul ketti, malolat ko'rma ko'p,

Sen chu bedillikka qoyilsen, erur ul telba teng.

  • Semantik izoh: