Alisher Navoiy korpusi

344

Quyundek vasl dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,

Degach sargashta Majnunum, boshimni ko'kka yetkurdung.

Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,

Tanimni hajr dudu shu'lasig'a baski kuydurdung.

Tegib tufroqqa andin sekregan toshlar halok etti,

Necha boshimg'a qalqon tutqung, ar g'am toshi yog'durdung.

Hazin ko'nglum qushining parlari churkandi, ul kunkim,

Buzug' tan oshyonin shu'lai hajringg'a kuydurdung.

Netib naxli umidimdin guli vasl orzu aylay

Ki, hajring ilgidin ani qo'ng'arding, yo'qki sindurdung.

Boshimg'a keldi g'am tig'i, balo toshi, ajal zaxmi,

Ko'r, ey hijroni zolimkim, nelar boshimg'a kelturdung .

Yasa, ey dayr piri, bodakim, kelgum kaforatg'a,

Eshittimkim, meni aylabturur deb tavba yozg'urdung.

Bu gulshan gullarining chun vafosi yo'qtur, ey bulbul,

Ne ochilg'ay tutaykim, sen fig'oning ko'ktin oshurdung.

Navoiy, yo'l yiroq, maqsud nopaydo, qadam urg'il,

Ki qolding korvondin, gar tinarg'a bir nafas turdung.

  • Semantik izoh: