Alisher Navoiy korpusi

345

Zihi quti hayotim hajr muhlik dardida yoding,

Agar lutfungg'a loyiq bo'lmasam, yo'qturmu bedoding.

Manga lazzat sening zikring, manga quvvat sening fikring,

Manga ishrat sening vasling, manga toat sening yoding.

Agar xurshidi raxshon orzu qilsam -guli ro'yung,

Va gar to'bi-yu rizvon mayl etsam -sarvi ozoding.

Bag'ir qonin labolab aylagan oshom iki la'ling,

Ko'ngul saydin damodam bismil etgan ikki sayyoding.

Ulusni tirgizur qatl aylamaktin obi hayvoning

Va lekin o'lturur qatl aylamastin bizni jalloding.

Muhiqdur, ey ko'ngul, bukim ul oy faryodinga yetmas,

Ki yolqibtur, nedinkim, yetti ko'p ul oyg'a faryoding.

Demon devona, balkim dev o'lubmen ul pariruxdin,

Ne tong, ey shayx, aks etsam taxayyul barcha irshoding.

Ulusqa sofiyi ishrat tutub, ey soqiyi davron,

Hamono zahri mehnatni mening jonimg'a asroding.

Navoiy Ka'bai maqsud sari gar qadam qo'ysang,

Tajarrud basdurur hamrohingu beto'shalig' zoding.

  • Semantik izoh: