
Alisher Navoiy korpusi

347
Hajrdin ko'zumga olamni qorong'u aylading,
Umrdin ko'z yumg'anim ul tunda uyqu aylading.
Jon-u ko'nglum muddate sargashtadur ko'yung aro,
Boshlarin aylandururg'a buyla jodu aylading.
Holima qolur taajjubdin el og'zi ochilib,
Yo'qsa ahvolim jahon ahlig'a kulgu aylading.
Ashk siymobimudur hajringda, yo ko'z oqini
Hal qilib, ko'zdin ravon ul nav'kim su aylading.
Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Go'yiyo javlon kuni oni tepingu aylading.
Shohidi davrong'a go'yo, ey tarab mashshotasi,
Bodadin gulgunavu sog'arni ko'zgu aylading.
Buki aytursen zamon ahlig'a yo'q ermish vafo,
Oni ma'lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading.