Alisher Navoiy korpusi

348

Nil tortib, orazing oroyishin fan aylading,

Shu'lai ko'kurd birla sham' ravshan aylading.

Sarvdin zohir yo'q erdi juz niyoz, ey sarvinoz,

To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading.

Hazl birla do'stluq izhori aylab, ohkim,

Jumlai olam elin jonimg'a dushman aylading.

Dud solmish boshima hajr, ey balo toshi, magar

Jism uyining gunbadi boshini ravzan aylading.

Juz sharar ne dona hosil aylagaymen, chunki sen

Mazrai jonim aro o't birla hirman aylading.

Chun qadah berding labi xandon bila, ey mug'bacha,

Jong'a la'li otashinni shu'laafkan aylading.

Ey Navoiy, xirqa zaylidin aritting durdi xum,

Bizni bu dayri fanoda pokdoman aylading.

  • Semantik izoh: