
Alisher Navoiy korpusi

349
Ayril, ey za'f, emdi mohi notavonimdin mening,
Kam qil anduh o'tini ozurda jonimdin mening.
Chok ko'ksumdek tiking og'zimni hamkim, kechalar
Har zamon seskanmagay bexud fig'onimdin mening.
Sadqa vojib bo'lsa, ey ko'z-u ko'ngul, aylang nisor,
Dur bila la'l ollig'a bu bahru konimdin mening.
Ey falak, jilvang uchun aylay ravonimni fido,
Jilvagar lek olmag'il sarvi ravonimdin mening.
Jism aro har dam harorat fahm qilsang, ey quyosh,
G'ofil o'lma jon dag'i ruhi ravonimdin mening.
Soqiyo, gar la'lgun may tutsa bo'lmas yorg'a,
Itlarin serob qilg'il bori qonimdin mening.
Xurdai jonim nisoring, ey Navoiy, gar desang
Sihhat oyin nukta shohi xurdadonimdin mening.