
Alisher Navoiy korpusi

35
Qilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Vale borin aylar mango oshkoro.
Balo, ko'rki, ag'yorg'a ko'rguzur yor
Nihon mehr-u bizga jafo oshkoro.
Dedim: ishqni oshkor etmay, ammo
Yoshurdum men, etti qazo oshkoro.
Netib men nihon asrayin, ayting oxir,
Tilar bo'lsa dardim Xudo oshkoro.
Jununum bu bo'lsa, g'amim bo'lg'usidur
Nechakim yoshursam yano oshkoro.
Qilur yuz jafo oshkora-vu bir ham
Vafo qilmas ul bevafo oshkoro.
Edim tiyr boroni hajringda ming zaxm
Ki, bo'ldi ne o'q-u ne yo oshkoro.
Necha boda maxfiy, chu fosh o'ldi ishqim,
Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro
Ki, to mast o'lub ishq ramzida, tortay
Navoiy kibi bir navo oshkoro.