
Alisher Navoiy korpusi

350
Ne biymi hajrdururkim, nihoyati yo'q aning,
Visol umidi kibi haddu g'oyati yo'q aning.
Ne sud xorani gar qilsa dudi ohim mum
Ki ko'ngli ichra shararcha siroyati yo'q aning.
Agarchi shahduru ushshoq aning ranyatidur.
Vale raiyati sori rioyati yo'q aning.
Ne zulmdur buki, hajr etsa qasdi jon nogah,
Anga madaddur-u bizga himoyati yo'q aning
Jafo-vu javri damo-damdur, ey ko'ngul, demakim,
Asir-u shiftalarg'a inoyati yo'q aning.
Bu dayr aro birav osudadurki, mug'bachadin
Ne kelsa, shukr etar, ammo shikoyati yo'q aning.
Navoiy ilgida ne sabr-u ne umidi visol,
Kishiki bo'lmasa naqdi, kifoyati yo'q aning.