Alisher Navoiy korpusi

351

Qilsa ko'ksum chok tig'i zahrparvardi aning,

Qo'ymangiz marhamki, o'ltursun meni dardi aning.

Ko'yi tufrog'i aro o'ldum, dam urma, ey Masih,

Kim hayot istab yuzumdin uchmasun gardi aning.

Gul yuzungdin ayru bog'edur ko'ngulkim, ochilur

Hajr o'ti uchqunlaridin otashin vardi aning.

Ohim andoqdurki, la'ling shavqidin bir qatra qon

To'ksa ko'z, yoqutdek bag'landurur bardi aning.

Buylakim soldi samandin po'yag'a, vah, ne ajab,

Olam ichra solsa o't barqi jahongardi aning.

Sotma, ey gul, noz ko'p, boqqil xazon bog'ig'akim,

Bor emish gulrang bir kun chehrai zardi aning.

Ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,

Zulmni elga fig'oni haddin o'tkardi aning.

  • Semantik izoh: