
Alisher Navoiy korpusi

352
Ne ajab, sarvi sihiga inmasa boshing sening,
Kim emastur qaddu ra'noliqda bo'ydoshing sening.
Gar nihoni fitna ta'lim aylamas, bas ne uchun
Boshini chekmish banogo'shungg'acha qoshing sening
Sangboroni g'amingdin bosh ne yanglig' yoshuray,
Kim saodat gavharidur boshima toshing sening.
Obi hayvon birla go'yo qildi la'li rang hal,
Suvrat ichra chun labingg'a yetti naqqoshing sening.
O'ta olmas xonaqoxi quds eli, ey mug'bacha,
Dayr eshikinda chu tuzgay bazm avboshing sening.
Dema, ey nosihki, qilmaysen so'zum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish muncha qolmoshing sening.
Ey Navoiy, bo'ldi qonlig' dushmaningkim, yoshurur
Yordin sarig' yuzung rangini qon yoshing sening.