
Alisher Navoiy korpusi

353
Yuzung oq, ey g'amki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni pomol aylading.
Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-o'q rahm aylagil,
Chun g'ame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.
Sen tarahhum qil, xudoyo, bu qotig' holatdakim,
Meni zor-u dilbarimni forig'ulbol aylading.
Safhai ruxsor uza xatkim chiqarding — fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.
Sharhi ishqing yozg'ali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomag'a nol aylading.
Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la'ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.
Elga javlon ichra solding tig', yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sori, ihmol aylading.