Alisher Navoiy korpusi
354
Ichmading may – to burunroq bizni rasvo qilmading,
Chunki rasvo qilding – andin so'ngra parvo qilmading.
Mayni zahri hajr sog'inding magarkim, totqali
Bir fidoyi men kibi davronda paydo qilmading.
May ichardin qasding ermish bizni rasvo aylamak,
Aysh fikrin mundin o'zga ishga go'yo qilmading.
Shahr badnomi meni aylab, o'zung ishrat aro
Vahki, bu badnomni bir yod qat'o qilmading.
Shoh bazmi ichra chun loyiq emas ermish gado,
Ey xirad, nevchun burunroq bizga imo qilmading?!
Ey ko'ngul, rahmat senga, har nechakim ko'rdung jafo,
Olam ahlidin vafo hargiz tamanno qilmading.
Ey Navoiy, shukrkim, garchi seni shahr ichra yor
Shuhra qildi, sen aning sirrini ifsho qilmading.